Xiaomi 16 Pro Snapdragon 8 Elite 2 o‘rnatilgan birinchi smartfon bo‘lishi kutilmoqda

17-fevral 2025 10:41 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi 2024-yil oktabr oyida Snapdragon 8 Elite 2 protsessoriga ega bo‘lgan birinchi smartfonni taqdim etishi kutilmoqda. Xiaomi 16 Pro ushbu yangi chip bilan birinchi yoki yetakchi smartfonlardan biri bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Gizmochina nashri.

Xiaomi va Qualcomm hamkorligi davom etayotgan bo‘lib, kompaniya avvalgi flagmanlarini ham Qualcomm’ning eng yangi protsessorlarida taqdim etgan.

Mashhur insayder Digital Chat Station Xiaomi 16 Pro displey dizayni va texnik xususiyatlarini oshkor qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon ancha ingichka ramkali tekis ekran bilan jihozlanadi. Xiaomi 16 Pro 6,85 dyuymli LTPO OLED panelga ega bo‘lib, 2K o‘lcham va 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, smartfon LIPO texnologiyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda, bu esa tor ramkali simmetrik dizaynni ta’minlaydi. Bu yaxshilanish iPhone 16 Pro’ning 1,44 mm ramka kengligidan ham o‘tib ketishi mumkin. Xiaomi 16 Ultra ham xuddi shu displey o‘lchamiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq insayder 2025-yil flagman telefonlarining barchasi tekis ekran bilan taqdim etilishini ta’kidlagan edi. Oppo Find X9 seriyasining ham to‘liq tekis displey bilan chiqishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 Ultra kamerasi bilan olingan ilk surat e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek