Uzoq umr koʻrish uchun eng yaxshi mashq qaysi ekani aytildi

18-fevral 2025 14:47 eʼlon qilindi

(18-fevral 2025 21:01 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Foto: CNBC

Mashhur fitnes-trener Endi Fata-Chan uzoq umr koʻrish uchun eng yaxshi mashqni aytib o‘tdi. Bu haqda CNBC ma’lum qilmoqda.

Mutaxassis har kunlik mashqlarni yuqori taxta harakatidan boshlash kerakligini aytgan. Ushbu mashqni bajarish uchun qoʻllar yelka ostida yerga tiraladi. Oʻng oyoq oldinga siljitilib oʻng qoʻl tepaga koʻtariladi. Orqa miya harakatchanligini oshirish uchun qoʻllar sinchkovlik bilan kuzatiladi. Oʻng qoʻl yerga qaytarilib, old oyoq ichki tarafiga qoʻyiladi.

Tibbiy mutaxassislarning fikricha dinamik choʻzish moslashuvchanlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu choʻzilish mashqi foydali, balki ilm-fan tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yuqori harorat va issiqdan qanday himoyalanish haqida yozgan edi.

Shuningdek