
Samsung smartfonlarining beshta modeli fevral oyida Android xavfsizligi va One UI yangilanishlarini olgani aytilmoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi. Ular Galaxy S21, Galaxy S21 Plus, Galaxy S21 Ultra, Galaxy S24 FE va Galaxy A73 modellaridir.
Galaxy S21 seriyasi uchun yangi dasturiy ta’minot Yevropada (Shveytsariyada) chiqarildi. Qurilmalar uchun yangilanish raqamlari quyidagicha: Galaxy S21 uchun yangilanish raqami G991BXXSEGYA2, Galaxy S21 Plus uchun – G996BXXSEGYA2, Galaxy S21 Ultra uchun – G998BXXSEGYA2.
Fevral oyi oʻrtalaridan boshlab Galaxy S24 FE uchun xavfsizlik yangilanishi S721BXXS3AYA4 yangilanishi bilan Yevropada ham chiqarilmoqda.
Galaxy A73 uchun yangi dasturiy ta’minot hozircha Indoneziya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Singapur, Tailand, Filippin va Vyetnamda ishga tushirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung smartfonlarida zaryadlash funksiyasi ishlamayotganidan shikoyat qilayotgani haqida yozgan edi.