
Chery yangi Journeo konsepsiyasini taqdim etib, miniven avtomobilini yangicha talqinda qayta koʻrib chiqdi. Bu haqda Carscoops xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi avtomobil Germaniyaning Raunxaym shahridagi kompaniyaning dizayn va ishlab chiqish markazida yaratilgan. Journeo «sarguzasht furgoni» sifatida taqdim etilmoqda. U balandligi sozlanadigan pnevmatik osma, havosiz shinalar, pastki qismni himoyalovchi plastinalar va raqamli orqa ko‘rish oynalari bilan jihozlangan.

Konseptning uzunligi 5200 mm boʻlib, Chrysler Pacificaʼdan biroz kattaroq. Journeo oʻrindiqlar, mobil oshxona ega. Tomdagi yukxona quyosh batareyalari va suriladigan chodir bilan jihozlangan.
Shuningdek, old oʻrindiqlar 180 darajaga burila oladi, orqa tomonda esa yotoqqa aylanishi mumkin boʻlgan qulay divan mavjud. Konseptga kirish va chiqishni osonlashtirish uchun yon tomonlarga suriladigan zinapoyalar oʻrnatilgan.

Journeo avtomobili. Foto: Carscoops
Konsept 2,0 litrli benzin dvigateli, elektr dvigatel va uch pogʻonali uzatmalar qutisidan iborat gibrid uzatma tizimi bilan jihozlangan. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, toʻxtash vaqtida yordam beruvchi atrof-muhitni skanerlaydigan haydovchiga yordam tizimi va «yuqori tezlikda navigatsiya» funksiyasini qoʻllab-quvvatlashini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chery O‘zbekistonda yangi gibrid modelini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.