Namanganda noyob avtomobillar ishtirokidagi birinchi avtofestival qanday o‘tdi – foto

23-fevral 2025 18:53 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
Namanganda birinchi avtofestival
Namanganda noyob avtomobillar ishtirokidagi birinchi avtofestival o‘tdi / Foto: Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati

22-fevral kuni Namanganda 1-xalqaro «Namangan avtofestivali» bo‘lib o‘tdi. Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan festival yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish, texnik va avto havaskorlarni qo‘llab-quvvatlash, avtomobil tyuningi sanoatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Foto: 1-xalqaro «Namangan avtofestivali» avtoparadidan / Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati

Festival 50 dan ziyod noyob avtomobillar ishtirokidagi avtoparad bilan boshlandi. «Namangan xalqaro aeroporti» oldidan start olgan avtomobillar shaharning asosiy ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.

Foto: 1-xalqaro «Namangan avtofestivali» avtoparadidan / Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati
Foto: 1-xalqaro «Namangan avtofestivali» avtoparadidan / Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati
Foto: 1-xalqaro «Namangan avtofestivali» avtoparadidan / Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati
Namanganda birinchi avtofestival
Foto: 1-xalqaro «Namangan avtofestivali» avtoparadidan / Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati
Foto: 1-xalqaro «Namangan avtofestivali» avtoparadidan / Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati

Festival tadbirlari Davlatobod tumanidagi «Afsonalar vodiysi» tematik parkida davom etdi. Retro va tyuning avtomobillari ko‘rgazmasi, avtoauksion, ehtiyot qismlar yarmarkasi va qimmatbaho sport avtomobillari namoyishi tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi. Shuningdek, turli musobaqalar ham o‘tkazildi.

Festival yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati

Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikaning ikkilamchi bozorida avtomobillar narxi qanday o‘zgargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek