O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning Uzstanex kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda tashkilot tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotda ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Uzstanex 2018-yil iyul oyida tashkil etilgan. Kompaniyaning ustav kapitali 25-fevral holatiga koʻra 65 million soʻmni tashkil etadi. Korxona Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan. Kompaniya sanoat va mebel sanoati uchun uskunalar sotish va jihozlash bilan shugʻullanadi.

Yevropaning 16-sanksiya paketiga 53 ta kompaniya kiritilgan. Ularning uchdan bir qismi rus tilida roʻyxatdan oʻtgan. Bryussel maʼlumotlariga koʻra, sanksiyaga uchragan kompaniyalar Rossiyaga raketalar va hujumchi uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqarish uchun mahsulotlar yetkazib bergan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston va Qozogʻiston kompaniyalariga yangi sanksiyalar joriy qilgani haqida yozgan edi.