Gadjetlar

Samsung Galaxy S21 va boshqa qurilmalar Android 16 yangilanishidan mahrum bo‘ladi

Android 15 negizidagi One UI 7 oxirgi katta yangilanish bo‘lishi mumkin
Foto: Saamsung

Samsung o‘zining ba’zi eski qurilmalari uchun dasturiy ta’minotni yangilashni to‘xtatishga tayyorlanmoqda. Android 15 negizidagi One UI 7 ushbu smartfonlar uchun oxirgi katta yangilanish bo‘lishi mumkin. Bu haqda GizmoChina portali kompaniyaning dasturiy ta’minot qo‘llab-quvvatlash siyosatiga tayanib xabar berdi.

Yangilanishlarni yo‘qotadigan modellarga quyidagilar kiradi:

Galaxy S21 seriyasi
Galaxy Z Fold3 va Z Flip3
Galaxy A14 (shu jumladan 5G versiyasi)
Galaxy M33, M14 (5G versiyasi ham)
Galaxy F14
Galaxy Tab S6 Lite (2022)
Galaxy Tab Active 4 Pro

Ushbu qurilmalar Android 16 yangilanishini olmaydi va One UI 7 ularning so‘nggi yirik yangilanishi bo‘lib qoladi.

Hozircha Samsung bu haqda rasmiy bayonot bermagan, ammo kompaniyaning avvalgi siyosatiga ko‘ra, bu smartfonlar to‘rt yillik yangilanish siyosati doirasida faqat Android 15 yangilanishi bilan cheklanib qolishi mumkin.

One UI 7 qachon chiqadi

One UI 7 dastlab 2025-yil boshida Galaxy S25 seriyasi bilan taqdim etilishi kutilgan edi. Biroq ishlab chiqish jarayoni kechikkanligi sababli, u hozircha hatto Galaxy S24 smartfonlarida ham ishga tushmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S21, Galaxy S21 Plus, Galaxy S21 Ultra, Galaxy S24 FE va Galaxy A73 smartfonlari uchun muhim yangilanishni chiqargani haqida xabar bergan edi.