Yangiliklar

Samsung yangi smartfonlarining xususiyatlarini ma’lum qildi

Narxlar $100 dan boshlanadi
Foto: Samsung

Samsung Galaxy M06 5G va Galaxy M16 5G smartfonlarining xususiyatlari ma’lum qilindi. Qurilmalar xususiyati kompaniya saytida e’lon qilindi.

Samsung Galaxy M06 5G va Galaxy M16 5G budjetli smartfonlari 25Vt quvvatga ega 5000mA/soat batareyaga ega boʻladi. Samsung’ning budjetli bu ikki smartfoni Android 15’ga asoslangan OneUI7 yangilanishi bilan jihozlangan.

Galaxy M06 5 G bazasi 4 Gb tezkor va 128 Gb qoʻshimcha xotiraga ega. Falagman narxi $110 ni tashkil qiladi. Xuddi shu konfiguratsiyadagi GalaxyM16 5G $130 dan yuqoriroq baholanmoqda.

Galaxy M06 5G 6,7 dyuymli HD+ piksellar soniga va 90 Gs kadr chastotasiga ega. Qurilma SoC MediaTek Dimensity 6300 asosida qurilgan boʻlib, 50 va 2 MP kamera, 8 megapikselli old kamera, standart quloqchin uyasi va yon barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Oʻlchamlari va vazni: 167,4 x 77,4 x 8 mm va 191 grammni tashkil qiladi.

Foto: Samsung

Galaxy M16 5G 6,7 dyuymli Super AMOLED displeyi, Full HD+ piksellar soni va 90 Gs yangilanish tezligiga ega. Asosiy kamerada 50, 5 va 2 MP ruxsatli sensorlar mavjud. Old kamerasi 13 MP. IP54 himoyasi va yon barmoq izlari skaneri mavjud. Qurilmaning oʻlchamlari 164,4 x 77,9 x 7,9 mmni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A26, A36 va A56 rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.