Lifestyle

Abduqodir Husanov 21 yoshda

Abduqodir Husanov rasmi
Abduqodir Husanov / Foto: Manchester Siti

Angliyaning «Manchester Siti» futbol klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov 21 yoshga to‘ldi.

Futbolchi 2004-yilning 29-fevralida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Husanov sport faoliyatini poytaxtning «Bunyodkor» klubida boshlagan, keyinroq Belarusning «Energetik-BGU» klubiga o‘tgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yildan joriy yilning boshigacha u «Lans» (Fransiya) jamoasida o‘ynagan va 31 ta o‘yin o‘tkazgan. Futbolchiga turli vaqtlarda Angliya va Fransiya jamoalari qiziqish bildirgan.

Shu yilning yanvar oyi oxirida Husanov Angliyaning «Manchester Siti» klubiga o‘tib, ular bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qildi.

O‘zbekistonlik futbolchi «Manchester Siti» safida oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Husanov inglizlar safida 459 daqiqa maydonda o‘tkazdi.

Flashscore sport portali o‘zbekistonlik futbolchining ingliz klubidagi o‘yinini 6,8 ball, «Lans» uchun 6,7 balldan 7 ballgacha baholagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanovning «Real Madrid»ga qarshi oʻyini qanday baholangani haqida xabar bergan edi.