Yangiliklar

Jomboy va Urgutni bog‘laydigan temiryo‘l quriladi

2025-yil oxiriga qadar
Foto: Pexels.com

Samarqand viloyatida Jomboy va Urgut tumanlarini bog‘lovchi 50 km.dan ortiq uzunlikdagi temiryo‘l tarmog‘i quriladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qurilish ishlari 2025-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Temiryo‘l «MAN» zavodi yaqinidan boshlanib, Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tadi va yangi ko‘prik orqali Urgutga ulanadi. Jomboy, Samarqand, Tayloq va Urgutda temiryo‘l bekatlari barpo etiladi.

Shuningdek, Tojikiston bilan chegaradosh «Jartepa» chegara-bojxona postida ham bekat qurilib, tojikistonlik yo‘lovchilarga boshqa hududlarga temiryo‘l orqali sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Xojikent temiryoʻli 1,5 kilometrga uzaytirilgan edi.