Yangiliklar

Gruziya bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Hamkorlik uchrashuvlari uchun
Foto: 1ve.ge

Joriy yilning 4-5-mart kunlari Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Hukumat portalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar, hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi hamda sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston bosh vazirining O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.