Gruziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi – foto
eʼlon qilindi
Majmua Gruziya delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi

Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida «Yangi Oʻzbekiston» bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Gruziya delegatsiyasiga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Majmua Gruziya delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokiston bosh vaziri tantanali kutib olingani haqida xabar bergan edi.