«Paxtakor» Toshkentda «Al-Hilol» ustidan gʻalaba qozondi

4-mart 2025 23:32 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
«Paxtakor» Toshkentda «Al-Hilol» ustidan gʻalaba qozondi
«Paxtakor» Toshkentda «Al-Hilol» ustidan gʻalaba qozondi / Foto: Paxtakor FK

Futbol bo‘yicha Elit Chempionlar ligasining nimchorak final o‘yinida «Paxtakor» «Al-Hilol» ustidan minimal 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvni maydon egalari faol boshladi va 29-daqiqada Riaskosning uzatgan to‘pini Flamarion darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi.

Ikki jamoada ham qator vaziyatlar boʻlishiga qaramasdan uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 11-mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» Elit Chempionlar ligasi doirasida qancha mablagʻ ishlab topgani haqida yozgan edi.

Shuningdek