Yangiliklar

Toshkentda bir qator avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritildi – roʻyxat

O‘zgarish 5-martdan kuchga kiradi
Toshkentda bir qator avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritildi. Foto: Yutang

Joriy yil 5-martdan boshlab poytaxtdagi 10 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgaradi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

  • 29-sonli «Huvaydo mahallasi – Paxtakor metrosi» — Beruniy va Al-Xorazmiy koʻchalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi.
  • 120-sonli «Chorsu metrosi – Guliston mahallasi» — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A. Navoiy koʻchasi orqali harakatlanadi.
  • 105-sonli «Sergeli qoʻrgʻoni – Chilonzor buyum bozori» — Xonobod koʻchasidan harakatlanadi, Ulgurji bozoriga kirmaydi.
  • 117-sonli «Toshkent quvur zavodi – Food City» — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurji bozori orqali harakatlanadi.
  • 154-sonli «Bobur mahallasi – Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi» — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli koʻchalari orqali harakatlanadi.
  • 87-sonli «AI Xorazmiy mavzesi – Qoraqamish 2/4 mavzesi» — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi koʻchalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.
  • 17T-sonli «Bekobod mavzesi – Chilonzor buyum bozori» — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayragʻoch, Bekobod, Istirohat koʻchalari orqali harakatlanadi.
  • 99-sonli «Suvsoz mavzesi – Farhod bozori» — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yoʻli, Lutfiy va Farhod koʻchalari orqali harakatlanadi.
  • 12-sonli «Qoʻyliq dehqon bozori – Qushbegi mavzesi» — Qushbegi mavzesidan Kichik halqa yoʻli va Bobur koʻchalari orqali Xalqaro Aeroport-2 bekatigacha harakatlanadi.
  • 174-sonli «Aviasozlar AShB – Jumabozor qoʻrgʻoni» — Jumabozor AShBdan Jumabozor qoʻrgʻoni bekatigacha uzaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri avtobus haydovchilari Germaniyaga ishga taklif etilayotgani haqida yozgan edi.