6-mart kuni 12-17° iliq ob-havo kutilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ba’zi hududlarda esa 5-10°
Foto: Pexels.com

6-mart kuni O‘zbekiston hududida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘ylab iliq ob-havo saqlanib qolmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo 15-17° iliq bo‘lib, shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ba’zi joylarda shamol tezligi 22 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kunduzi 5-10° iliq atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda havo 15-20° iliq bo‘lib, Navoiyning shimolida biroz salqinroq – 5-10° iliq.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida havo 12-17° iliq, shamol esa ba’zi hududlarda 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa eng iliq ob-havo kutilmoqda – kunduzi 15-20° iliq bo‘lishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘onada ham havo iliq, harorat 12-17° atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda esa kechasi harorat 2-7° sovuq bo‘lishi mumkin, kun davomida 5-10° iliq bo‘ladi.

Shuningdek