«Angren» koʻmir konida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida bir kishi vafot edi

eʼlon qilindi
Haydovchi kasalxonada vafot etgan
«Angren» koʻmir konida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida bir kishi vafot edi/ Foto: Pexels.com

5-mart kuni soat 10:15 larda Angren koʻmir konida sodir boʻlgan yongʻin natijasida bir kishi vafot etgan. Bu haqda «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar bermoqda.

«Angren» koʻmir konida «BelAZ» rusumli avtoagʻdargich togʻ jinslarini toʻkish vaqtida orqaga sirpanib, agʻdarilib ketgan va alangalanish roʻy bergan. Oʻt oʻchiruvchilari voqea joyiga tezlik bilan yetib kelgan va yongʻin toʻliq oʻchirilgan. Hodisa oqibatida ogʻir tan jarohati olgan avtoagʻdargich haydovchisiga korxona tibbiy boʻlim xodimlari tomonidan birinchi yordam berilgan va shoshilinch ravishda shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Ammo koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay haydovchi kasalxonada vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkum 11-fevral kuni bino buzish jarayonida devor qulashi natijasida vafot etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek