O‘zbekiston o‘smirlar xokkey terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida g‘alaba qozondi

6-mart 2025 23:58 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
O‘zbekiston o‘smirlar xokkey terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida g‘alaba qozondi
O‘zbekiston o‘smirlar xokkey terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida g‘alaba qozondi / Foto: Xokkey federatsiyasi

O‘zbekistonning U18 terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tgan III B divizioni Jahon chempionatida g‘alaba qozondi va yuqori divizionga yo‘l oldi. Endilikda jamoa kelasi mavsumda III A divizionida ishtirok etadi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga Xokkey federatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi: Janubiy Afrika Respublikasi (12:0), Lyuksemburg (12:1), Turkmaniston (8:2), Bosniya va Gertsegovina (11:3) hamda hal qiluvchi bahsda Tailand ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. So‘nggi o‘yinda g‘alaba keltirgan shayba uchrashuv tugashiga besh daqiqa qolganida Jasurbek Rustamxonov tomonidan kiritildi.

Jamoa sardori Rustamxonov 5 o‘yinda 22 ochko (14 gol + 8 assist) jamg‘arib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Jamoaning yana bir yulduzi Salohiddin Azimov mavsumni Chexiyada o‘tkazgan bo‘lsa, qolgan xokkeychilar Qozog‘iston yoshlar ligasida «Toshkent Select» jamoasi safida harakat qilgan.

O‘zbekiston U18 terma jamoasi Toshkentning «Humo» va «Binokor» klublari tarbiyalanuvchilaridan iborat bo‘lib, 2018-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasining muvaffaqiyatli faoliyat natijalaridan biri hisoblanadi.

2025-yil aprel oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham jahon chempionatida debyut qiladi. Ular IV divizionda Armanistonda o‘tadigan musobaqada qatnashadi. Milliy jamoa tarkibida U18 chempionati g‘oliblari ham maydonga tushishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonlik yosh xokkeychilar Bosniya va Gersegovina jamoasini qanday magʻlub etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek