
Yaponiyadagi Chuo Spring Toyota avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi zavodida portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, hodisaga chang yigʻish bilan bogʻliq muammolar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Voqea joyida bir kishi halok boʻlgan. Ikki kishining jarohat olgani aytilmoqda.
Agentlikning qayd etishicha, xuddi shu zavodda ikki yil avval ham shunday hodisa yuz bergan. Chuo Spring ma’muriyati hozirda ma’lumotga aniqlik kiritmoqda. Ammo batafsil izoh berganicha yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota yangi C-HR modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.