Olmaota aeroportida garovga olingan ayolni qutqargan shaxs mukofotlanadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qozog‘iston rahbari shunday topshiriq berdi
Что известно о случае в аэропорту Алматы
Foto: Yotka/Depositphotos

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Olmaota aeroportida garovga olingan ayolni jinoyatchidan qutqargan erkakni mukofotlash boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Qozogʻiston rahbarining matbuot kotibi Ruslan Jeldibay xabar berdi.

Hodisa 7-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:45 da sodir boʻlgan. Olmaota aeroportida 67 yoshli fuqaro hujjatlarni tekshirish chogʻida pichoq olib, aeroport xodimini garovga olgan va portlatish bilan tahdid qilgan.

Video: Krispi Olmaota

Muzokaralar davomida erkaklardan biri ayolning oʻrniga oʻzini garovga qoʻyishni taklif qildi. Jinoyatchi chalgʻiganida, erkak uni qurolsizlantirgan.

Tengrinews nashri ma’lumotlariga koʻra, aeroport xodimini qutqargan erkakning ismi Abdraim Musa.

Video: Krispi Olmaota

Keyinchalik Muso jang san’atining turli turlari bilan shugʻullangani ma’lum boʻldi. Orda.kz portaliga bergan intervyusida u garovga olingan qizning hayoti uchun qoʻrqqanini aytdi.

«Uning qizga hujum qilganini koʻrdim. Men oʻzim uchun emas, faqat u uchun qoʻrqdim», – deya vaziyatga izoh berdi u.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda jinoyatlarni hisobga olish tizimi raqamlashtirilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek