Qimmatbaho minerallarni sanoatga jalb qilish bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kelgusi uch yil mobaynida
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit va boshqa qimmatbaho minerallar mavjud bo‘lsa-da, ularni chuqur qayta ishlash va sanoatga jalb qilish yetarlicha rivojlanmagan edi. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda jadal ishlar boshlandi. Kelgusi uch yilda $2,6 mlrdlik 76 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tog‘-kon sanoatida texnologiyalarni rivojlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlarida texnoparklar tashkil etish taklif qilindi.

Bu chora-tadbirlar sanoatni modernizatsiyalash va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda 2 mln nafar ayolning bandligini ta’minlash belgilangan edi.

Shuningdek