8-mart kuni ayrim hududlarda yomg‘ir va kuchli shamol kutilmoqda

8-mart kuni O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy va Jizzax viloyatlarida esa ayrim hududlarda 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkentda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Shuningdek, tuman tushishi va qor ko‘chishi xavfi borligi haqida ogohlantirilmoqda. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi.