Mask Trampning harakatlari tufayli bir kunda 114 trillion so‘m yo‘qotdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
U dunyoning eng boy odami unvonidan mahrum bo‘lishi mumkin
Mask bir kunda Tramp tufayli 114 trillion so‘m yo‘qotdi / Foto: www.depositphotos.com

Independent nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ilon Maskning boyligi Tesla aksiyalari qiymatining tushishi tufayli bir kunda $8,8 milliardga (114 trillion so‘mga) kamaydi. Shu tariqa u dunyoning eng boy odami maqomini yo‘qotishi mumkin.

Tesla aksiyalari S&P 500 indeksining 1,78% ga pasayishi fonida arzonlashdi. Bunga AQSh prezidenti Donald Trampning Kanada, Xitoy va Meksikaga qarshi boj tariflari joriy qilgani sabab bo‘ldi.

2024-yil dekabridan beri Mask $121 milliard yo‘qotgan bo‘lib, bu uning umumiy boyligining 25 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Hozirda uning moliyaviy holati $342 milliard yoki 4,4 kvadrillion so‘m deb baholanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Maskning Grok 3 sun’iy intellekti va uning ChatGPT bilan asosiy farqlari haqida yozgan edi.

Shuningdek