Kanada hech qachon Amerikaga qo‘shilmaydi – Mark Karni

eʼlon qilindi
AQShga qarshi tariflarni saqlab qoladi
Foto: Time.com

Kanadaning yangi saylangan Liberal partiya yetakchisi Mark Karni AQSh prezidenti Donald Trampning savdo siyosatini keskin tanqid qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Kanadaga asossiz tariflar joriy qilib, mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda. Karni Kanada hukumati bunga javob tariqasida AQShga qarshi tariflarni saqlab qolishini va bu choralar Amerika iqtisodiyotiga maksimal ta’sir o‘tkazishini ta’kidladi.

«Amerikaliklar bizning resurslarimiz, suvimiz va yerimizni xohlashadi. Agar ular muvaffaqiyat qozonsa, bizning hayot tarzimiz yo‘q bo‘lib ketadi. Kanada hech qachon, hech qanday shaklda yoki ko‘rinishda Amerikaga qo‘shilmaydi», – dedi Karni.

Ushbu bayonot Karni Trudoning o‘rnini egallaganidan so‘ng e’lon qilindi. 59 yoshli siyosatchi Liberal partiya yetakchiligi uchun o‘tgan saylovda 86% ovoz olib, sobiq moliya vaziri Xristiya Frilendni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada Trampning savdo urushiga javoban AQSh tovarlariga bojlar joriy qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek