«Roma» birinchi daqiqadagi gol evaziga «Empoli»ni magʻlub etdi

10-mart 2025 00:09 eʼlon qilindi

(10-mart 2025 12:00 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: «Roma»

Italiya A seriyasining 28-turidan o‘rin olgan «Empoli» va «Roma» uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 1-daqiqasida Matias Sule mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi va o‘yin yakunigacha hisob boshqa o‘zgarmadi.

Rimliklarning oʻzbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada zaxiraga olindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov va Shomurodov klublari libos hamda atributlar savdosidan qancha daromad koʻrgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek