
Aleksey Maksimov «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (Humo) rahbari etib tayinlandi. Qaror kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan 6-mart kuni qabul qilingan.
Maʼlum qilinishicha, u kompaniyani 2028-yil martigacha boshqaradi. Ilgari Maksimov Octobank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Bungacha Humo rahbari Shuhrat Qurbonov bo‘lgan. Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar oyida Paynet toʻlov tizimini sotib olgan edi. Bitim qiymati $65 millionni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Humo kompaniyasining sof foydasi 168,2 milliard soʻmni tashkil etgani haqida yozgan edi. Yillik oʻsish 47 foizdan oshdi.