«Navoiyazot»da portlash va yongʻin sodir boʻldi

eʼlon qilindi
Yongʻin hali toʻliq bartaraf etilgan emas
Yong‘in
«Navoiyazot» AJda portlash va yongʻin sodir boʻlgani aytilmoqda/ Foto: FVV matbuot xizmati

Bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy shahri Navoiy koʻchasida joylashgan «Navoiyazot» AJ hududida 25-sonli sex laboratoriyasida gaz-havo aralashmasi portlashi sodir boʻldi. Portlash yongʻinga sabab boʻlgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Yuz bergan voqea joyiga tezlikda 10 nafar oʻt oʻchirish va qutqaruv brigadasi yetib borgan va hozirda yongʻinni oʻchirish ustida ishlamoqda. Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi boshligʻi, Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organidan ham mas’ullar bor.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda fuqaroning joniga qasd qilish urinishidan yongʻin chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek