«Navoiyazot»da yuz bergan yongʻin oqibatida bir kishi halok boʻldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yong‘inning tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berildi
Navoiyazot
«Navoiyazot» AJda yuz bergan yongʻin oqibatida 1 nafar fuqaro halok boʻldi/ Foto: Uzkimyosanoat AJ axborot xizmati

«Navoiy azot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi roʻy bergan yongʻin tufayli bir kishi halok boʻldi va 11 nafar fuqaro tan jarohati oldi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan yongʻin soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom oʻchirilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Navoiyazot»da portlash va yongʻin sodir boʻlgani haqida yozgan edi.

Shuningdek