Yangiliklar

Endilikda nodavlat notijorat tashkilotilari mablag‘lari haqida ommaga ochiq ma’lumot berib boradi

Jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirish uchun
Foto: ShopuChet

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyiha davlat organlari mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkilotilari (NNT) faoliyatiga noqonuniy aralashuvini cheklash va jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutadi.

Shuningdek, NNTlarga qo‘llab-quvvatlov kuchaytiriladi: jarimalar kamaytiriladi, davlat subsidiyalari va grantlarini adolatli taqsimlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Bundan tashqari, NNTlar o‘z mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaga e’lon qilib borishlari shart bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolik jamiyati tashkilotlari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida yozgan edik.