Turkiyaga turmushga chiqish bo‘yicha o‘zbekistonliklar Top uchlikka kirdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda
Turkiyada oila qurish bo'yicha o'zbekistonliklar ikkinchi o'rinda
Foto: Jennifer Scholtz / Linkedin

2024-yilda Turkiyada chet ellik fuqarolar bilan tuzilgan nikohlar soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda Turkiya Statistika Instituti (TÜİK) xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilda Turkiyada chet ellik ayollar bilan tuzilgan nikohlarning 9,2 foizini ya’ni 3,5 ming nafarini o‘zbekistonliklar tashkil etgan.

Turkiyaliklar uylanayotgan ayollar mamlakatlari birinchiligida Suriya — 3,5 ming nafar bilan turibdi. Uchinchi o‘rinni esa Marokash – 2,4 ming nafar bilan egallagan.

O‘zbekistonlik ayollar Turkiyaga turmushga chiqish bo‘yicha 2-o‘rinda
Foto: Turkiya Statistika Instituti Instagram sahifasi

Shuningdek, turkiyalik qizlar turmushga chiqqan xorijliklar reytingida ham Suriya(1,2 ming nafar) mamlakati birinchi o‘rinda turibdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyadagi fuqarolarimiz ogohlantirilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek