Markaziy Osiyo va Rossiya yagona energotizimga birlashishi mumkin

eʼlon qilindi
Yaqin besh yilda
Foto: Unsplash

Markaziy Osiyo va Rossiya yaqin besh yil ichida energotizimlarini birlashtirishi mumkin. Bu haqda Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori Akimjon Arupov ma’lum qildi.

Ushbu fikr energiya xavfsizligi va Rossiya bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuvda bildirildi.

Arupovning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Rossiyaning yagona energotizimga qo‘shilishi nafaqat umumiy bozor shakllanishi, balki iqtisodiy integratsiyani ham kuchaytiradi.

Biroq «Ma’no» tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev bu muddatni optimistik deb atadi.

«Agar biz besh yil ichida yagona energetik halqaga ulansak, ajoyib bo‘lardi, ammo men bunday imkoniyatga shubha bilan qarayman», – dedi Ergashev.

Uchrashuvda, shuningdek, mintaqada atom energetikasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Imemo Ran Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchinning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha asosiy hamkor ehtimol Rossiya bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirishga yordam berishi haqida yozgan edik.

Shuningdek