
O‘zbekistonda seriyali obligatsiyalar chiqarish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktori Dmitriy Li tegishli qarorni imzoladi.
Bu mexanizm kompaniyalarga bir dastur doirasida bir necha marotaba obligatsiyalar chiqarish, kompaniyalar bozor sharoitidan kelib chiqib, qarzdorlik qimmatli qog‘ozlari uchun stavkalar va to‘lov muddatini belgilashi mumkin bo‘ladi.
Agentlikning yozishicha, seriyali obligatsiyalar tizimi kompaniyalarga qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va majburiyatlarni qayta moliyalashtirishni soddalashtiradi.
Bunday mexanizm Rossiya, Qozog‘iston, Malayziya kabi rivojlangan moliya bozoriga ega davlatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublika banklari yevroobligatsiyalar bozorida faol bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgandi.