
Wildberries Rossiyada ilk kontent platformasi – Wibes’ni ishga tushirdi. U sotuvchilar, xaridorlar va blogerlar uchun mo‘ljallangan, deya ma’lum qildi platforma asoschisi Tatyana Kim.
Yangi platformada foydalanuvchilar videolar, to‘plamlar va qisqacha maqolalarni tomosha qilish hamda nashr etishlari mumkin. Masalan, mahsulot sharhlari, shuningdek, foydali va qiziqarli kontent joylashtiriladi. Xizmat shaxsiylashtirilgan tavsiyalar tasmasi va sevimlilar funksiyasini ham o‘z ichiga oladi.
Wibes Wildberries bilan birlashtirilgan. Xizmat foydalanuvchilari darhol marketpleysga o‘tib, video yoki maqoladan o‘zlariga yoqqan mahsulotni sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Kelajakda kontentpleysni mualliflar uchun monetizatsiya vositalari va reklama beruvchilar uchun tahlillar bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda saytda minglab sotuvchilarning videolari va taniqli blogerlarning mahsulotlari to‘plamlari joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Wildberries Oʻzbekistondagi faoliyati boʻyicha qoʻshimcha 51,2 mlrd soʻm soliq toʻlagani haqida yozgan edi.