Yangiliklar

Qozogʻiston tuxum importini taqiqlamoqchi

Muhokama 20 martgacha davom etadi
Tuxum
Qozogʻiston tuxum importini taqiqlamoqchi/ Foto Jakub Kapusnak / Unsplash

Qozogʻiston boshqa davlatlardan, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi(YOII)dan tuxum olib kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Hujjat loyihasi respublika me’yoriy-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Hujjat Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tuzilgan. Muhokama 20-martga qadar davom etadi.

Taqiq qabul qilinsa, import cheklovlari olti oy davomida – joriy yilning aprelidan sentabrigacha amal qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar – dekabr oylarida Oʻzbekiston korxonalari, dehqon va fermerlari tomonidan 8,8 milliard dona tuxum yetishtirilgani haqida yozgan edi.