Yangiliklar

Temir yo‘l transportida bojxona tekshiruvi uzaytirilishi zarur bo‘lgan holatlar belgilandi

Zarur holatlar belgilandi
Temir yo'l bojxona tekshiruvi
Temir yo‘l transportida bojxona tekshiruvi uzaytirilishi zarur bo‘lgan holatlar belgilandi / Foto: Pexels.com

Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining yuk, bagaj, valyuta va valyuta boyliklarini bojxona nazorati va hisobga qo‘yish haqidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Yangi tartibga ko‘ra, temir yo‘l transportida har bir yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaji, valyutasi va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish hamda deklaratsiyani rasmiylashtirish 1,5 daqiqa ichida amalga oshirilishi lozim.

Biroq bojxona organlari quyidagi holatlarda tekshiruv muddatini besh daqiqagacha uzaytirishi mumkin:

– risklarni boshqarish tizimi talablari bo‘yicha;

– yo‘lovchining noqonuniy harakatlari haqida ma’lumot kelib tushganda;

– olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd pul va valyuta boyliklari nazorati zarur bo‘lganda;

– huquqbuzarlik belgilarini aniqlashda.

Ushbu qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinib, 13-martdan kuchga kirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jomboy va Urgutni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi haqida yozgandi.