Shveysariya elchisi soxta ish taklif qilish boʻyicha ogohlantirish bilan chiqdi

Shveysariyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi jiddiy ogohlantirish bilan chiqmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Ayni kunlarda Shveysariyaga elchixonasiga soxta ishga taklif olish va qalbaki ishlash ruxsatnomalari boʻyicha murojaatlar koʻpaygan. Elchi bu boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat qildi.
«Shveysariyaga yolgʻon ish takliflari va u yerda ishlashga, deb berilayotgan soxta ishlash ruxsatnomalari haqida tez-tez eshityapmiz. Agar sizga ish taklifi kelib tushsa, juda ehtiyot boʻling va uning chindan ham haqiqiyligini tekshiring», – deydi Konstantin Obolenskiy.
Shuningdek, u hech qanday sharoitda pul to‘lamaslik yoki o‘tkazmaslik kerakligini ta’kidladi. Ish vizasini olish uchun Shveysariyaning Moskvadagi elchixonasida joylashgan Mintaqaviy konsullik markaziga shaxsan ariza topshirish lozimligi aytildi.
Eslatib oʻtamiz, Shveysariya Alisher Usmonovning 6,5 mln yevrolik aktivlarini blokdan chiqargani haqida yozgan edi.