2024-yilda aksiyadorlar foydasiga 2 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ undirildi – ILMA

eʼlon qilindi
703 ta murojaat kelib tushgan
Foto: denisismagilov / depositphotos.com

2024-yilda aksiyadorlar foydasiga 2 mlrd soʻmdan ortiq dividend undirildi. Bu haqda Istiqboli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi.

2024-yilda kapital bozori ishtirokchilaridan 703 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 54 tasi yuridik shaxslardan, 649 tasi esa jismoniy shaxslardan boʻlgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, murojaatlarning asosiy qismi minoritar aksiyadorlar foydasiga dividend undirish masalasiga tegishli boʻlib, aksiyadorlar foydasiga 2,05 milliard soʻm undirildi. Shundan 1,55 milliard soʻm yuridik, 500 million soʻm esa jismoniy shaxslarga tegishli.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-oktabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar aksiyadorlar foydasiga jami 3,25 milliard soʻm undirilgan.

Shuningdek, hisoblangan dividendlarni undirish boʻyicha iqtisodiy sudlarga 20 ta da’vo arizasi kiritilib, 3,6 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni aksiyadorlar foydasiga undirish toʻgʻrisida sud qarorlari qabul qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda seriyali obligatsiyalar chiqarish mexanizmi yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek