Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha shaffof tizim yaratiladi

Hukumat qarori bilan «Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi» toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangi tizim import mahsulotlar oʻrnini mahalliy ishlab chiqarish bilan bosish, davlat xaridlarini shaffof amalga oshirish va tadbirkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Nizom doirasida quyidagilar belgilangan:
– Import mahsulotlar roʻyxatini shakllantirish va e’lon qilish;
– Tadbirkorlarning takliflarini qabul qilish va baholash mezonlarini belgilash;
– Kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha shartnomalar tuzish;
– Mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini davlat buyurtmachilariga sotish imkoniyatlarini yaratish.
Bundan tashqari, kooperatsiya jarayonini boshqarish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi, unga kamida besh nafar boshqaruv xodimi a’zo boʻladi.
Shuningdek, «Kichik biznesga koʻmaklashish markazi» MChJ tadbirkorlarga biznes loyihalarini ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi yuridik shaxslar endilikda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘lishi haqida yozgan edik.