Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi yana tushadi

27-mart kuni 20,18 so‘mga tushadi
Dollar tushadi
Foto: Piqsels

27-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 20,18 so‘mga tushib, 12 909, 19 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 865 – 12 920 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 930 – 12 990 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 28,25 so‘mga tushib, 13 935,47 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,43 so‘mga oshib, 153,30 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.