Oʻzbekiston 1,1 mlrd kub m gaz va 2,6 mlrd kWt soat elektr energiyasini tejashni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
300 ta 100 mWtli kichik quyosh stansiyasi quriladi
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston 1,1 mlrd kub m gaz va 2,6 mlrd kWt soat elektr energiyasini tejashni rejalashtirmoqda / Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston 2025 yilda 1,1 mlrd kub m gaz va 2,6 mlrd kWt soat elektr energiyasini tejashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida oʻtgan energiya resurslarini iqtisod qilish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilishda ma’lum qilindi.

Bunga erishish uchun 300 ta kichik quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan boʻlib, bu yoʻl bilan 45 mln kub m gazni tejasa boʻladi. Shuningdek, kanal va soylarda qurilgan mingdan ziyod GESlar hisobiga qoʻshimcha 175 mln kWt-soat elektr ishlab chiqariladi.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxdagi oʻrganishlarda 870 mln kWt soat elektr va 420 mln kub metr gazni iqtisod qilish yangi imkoniyatlari aniqlangani qayd etilgan. Kichik va oʻrta sanoat korxonalarida 35 mingga yaqin eskirgan uskunalarni tejamkoriga almashtirib, yiliga 385 mln kWt soat elektr va 50 mln kub metr gaz tejash mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiya bilan yirik atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlari muhokama qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek