Yangiliklar

Oʻzbekistonda sentabrdan xalqaro maktab faoliyatini boshlaydi

60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi
Maktab, o'quvchilar
Foto: asiaplustj.info

Joriy yil sentabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida taqdim etilgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan dastur taqdimotida ma’lum qilindi.

Unga koʻra, joriy yil sentabrda oʻz faoliyatini boshlagan xalqaro maktablarga 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar oʻgʻil-qiz saralab olinadi. Ular uch qismdan iborat ta’lim dasturi asosida oʻqitiladi. Oʻquv yili uch davrga boʻlinib, 11 oy davom etadi.

Shuningdek, yoshlarni Amerikaning «Pechak ligasi» universitetlariga tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Joriy yilning oʻzida uch ming nafar oʻquvchi saralab olinadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Yoshlar daftari» joriy etilganidan buyon 1, 7 trln soʻmlik ijtimoiy yordam koʻrsatilgani haqida yozgandi.