Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» vazirlarining 20-yig‘ilishidan so‘ng Toshkentga keladi
Yevropa Ittifoqi komissiyasi
Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyuradi / Foto: Postimees / Scanpix / LETA

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas 27-mart kuni Ashxobodda boʻlib oʻtadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» 20-vazirlar yigʻilishida ishtirok etganidan soʻng Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Ashxoboddagi yigʻilishda muhokama qilinadigan asosiy mavzular 2025-yil 3-4-aprel kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan tarixda ilk bor Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitiga tayyorgarlik, mintaqaviy xavfsizlik, transport va raqamli aloqa, energetika, savdo va ta’lim masalalari boʻladi.

Uchrashuvdan soʻng Kaya Kallas Toshkentga boradi va u yerda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, iqtisodiy sheriklik, infratuzilmani rivojlantirish va energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Kursiv Uzbekistan nashri Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga sun’iy yoʻldosh internet tizimini rivojlantirishga yordam berishi haqida yozgan edi.

Shuningdek