2025-yildan «El-yurt umidi» jamgʻarmasining yangi stipendiya loyihasi joriy etiladi

«El-yurt umidi» jamgʻarmasiga joriy yilda «Yorqin iste’dod» loyihasi uchun 300 milliard soʻm ajratiladi. Bu haqda prezident farmonida ma’lum qilindi.
Unga koʻra, har yili har bir mahalladan faol yosh jalb qilinadi va iqtidoridan kelib chiqqan holda oʻquv kuslarida tayyorgarlik koʻrishi uchun zamin yaratiladi.
Shuningdek, «El-yurt umidi» jamgʻarmasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan toʻgʻri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.
2025-yil 1-iyundan Top – 100 oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha boʻlgan mutaxasisslarga uy-joy xarid qilishi uchun BHMning 2150 baravarigacha ssuda ajratiladi.
Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblariga toʻlanadigan bir martalik pulning miqdori 5 baravarga oshirilishi belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri kreativ parklarining rezidentlari Ijtimoiy va daromad soligʻini 50 foiz kamaytirilgan stavkada toʻlashi haqida yozgan edi.