Avtomobil «tonirovka» qilingani uchun qoʻllanilgan jarimalar miqdori kamaytirilishi mumkin

Avtomobilning oyna tusini oʻzgartirganlik uchun qoʻllanilgan jarimalar miqdori kamaytirilishi mumkin. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ma’lum qilindi.
Unga koʻra, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 126-1(prim1)-modda bilan toʻldirilishi va haydovchilar oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomada koʻrsatilgan talablarni buzib, transport vositalaridan foydalanganligi uchun BHMning 1 baravari miqdorida (375 ming soʻm) jarimaga tortilishlari mumkin.
Ayni paytda «Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks»ining 126-moddasiga koʻra, tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanish BHMning 25 baravari miqdorida jarima solishiga sabab boʻladi.
Fuqarolar avtomobil jarimalari va «tonirovka» boʻyicha MyGov mobil ilovasida toʻlashi mumkin.