Oʻzbekistonda 29-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Oʻzbekistonda 29-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Unsplash

Ertaga, 29-mart kuni Oʻzbekiston hududida havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Unga koʻra, Toshkent shahrida 29-martda havo biroz bulutli boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazmda kunduzi 15-20°, kechasi 2-7° iliq boʻlishi kutilmoqda.

Shuningdek, Buxoro va Navoiyda harorat kechasi 3-8° va kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 12-17°, kechasi 3-8° iliq boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi 17-22°, kechasi 3-8° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻonada esa kunduzi 12-17°, kechasi 3-8° iliq boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi.

Togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-6° va kunduzi 4-9° boʻlishi kutilmoqda.

Shuningdek