Oltin narxi uchinchi kun ketma-ket koʻtarildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Regulyator besh grammlik oltin narxini 6,75 mln so‘m etib belgiladi
                    
                            
Oʻzbekistonda besh gramm oltin narxi uchinchi kun ketma-ket oshdi. 3-mart kuni uning qiymati birinchi marta 6,75 mln soʻmga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, 10 grammli oltin quymasining narxi 13,5 mln soʻmgacha koʻtarildi, 20 grammli quymaning bahosi esa 27 mln soʻmga yetdi.
Shuningdek, regulyator 50 va 100 grammli quymalar uchun narxlarni yangiladi – ular mos ravishda 67,5 mln soʻm va 135,1 mln soʻmni tashkil etmoqda.
UBS banki tahlilchilariga koʻra, joriy yil oxiriga qadar oltin narxi xalqaro bozorda $3,2 mingga yetishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp joriy qilayotgan bojlar jahon miqyosida oltin narxini oshirgani haqida yozgan edi.