Pusandagi oʻzbekistonlik talabalar sanoat korxonalarida ishlashga jalb etiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Shahar chet el fuqarolarini jalb qilish dasturining ishtirokchisiga aylandi
                    
                            
Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi oʻzbekistonlik talabalar sanoat korxonalarida ishlashga jalb qilinadi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.
Pusan Janubiy Koreyaga xorijiy ishchilarni jalb qilish dasturiga qoʻshildi. Hozirda shahar hokimiyati talabalarga viza berish talablari ustida ishlamoqda.
Oliy oʻquv yurtlari talabalarini oʻz ta’lim muassasalarining tavsiyalari asosida yarimoʻtkazgichlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarishga ishga qabul qilish rejalashtirilgan.
Bu 2027-yilga borib sanoatga ming nafar chet ellik talabani jalb qilishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyaning Hyundai kemasozlik kompaniyasi ishga taklif qilishi haqida yozgan edi.
 
            