AQSh mudofaa tizimiga $1 trillion yoʻnaltiradi

AQSh prezidenti Donald Tramp uning ma’muriyati mudofaa uchun $1 trillion sarflashini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi.
«Biz koʻp pul tejayapmiz, ammo armiyani rivojlantirishimiz va kuchli boʻlishimiz kerak», – degan u Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda.
Trampning qoʻshimcha qilishicha, AQShning 2026-moliya yili uchun mudofaa budjeti Amerika hukumati tomonidan qabul qilingan eng katta budjet boʻladi.
AQSh harbiylari bu yilgi Global Firepower reytingida birinchi oʻrinni egallagan edi. Mamlakat harbiy xizmatchilarning umumiy soni 1,3 million kishini tashkil etadi.
Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida mudofaa budjeti boʻyicha $2,8 mlrd bilan birinchi oʻrinni egallagani haqida yozgan edi.