Yangiliklar

«Chorvoq darvozasi»dan okeanariumgacha: Bo‘stonliq va Toshkentda qanday loyihalar amalga oshiriladi

Bo‘stonliq va Toshkentda qanday loyihalar amalga oshiriladi / Foto: Ozguvenmimarlik.com

Shavkat Mirziyoyev yangi turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Ular orasida Bo‘stonliqdagi «Chorvoq darvozasi» majmuasi, Toshkentdagi okeanarium va yangi turarjoy maskanlari bor, deya yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: Ozguvenmimarlik.com

Unga ko‘ra, «Chorvoq darvozasi»ning birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. U yerda ko‘p qavatli uylar, mehmonxonalar, savdo nuqtalari va quyosh panellari bilan jihozlangan inshootlar qurilgan. Loyiha ekologik energiya bilan ta’minlanadi.

Foto: President.uz

Toshkentdagi okeanarium 20 gektar maydonda barpo etiladi. Yaqinida mehmonxona va savdo majmuasi ham quriladi, 1600 ta ish o‘rni yaratiladi.

Foto: Ozguvenmimarlik.com

Yakkasaroyda esa yangi turarjoy va ishbilarmonlik hududi bunyod etiladi. Prezident barcha loyihalar bo‘yicha aniq reja tuzib, sifat va muddatga qat’iy amal qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Foto: Ozguvenmimarlik.com

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emin Agalarov prezidentga «Sea Breeze» turizm markazining master-rejasini taqdim etgan edi.