
Shavkat Mirziyoyev Chorvoq bo‘yida barpo etilayotgan «Sea Breeze Uzbekistan» xalqaro turizm markazi master-rejasining taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm jadal rivojlanib, xorijiy sayyohlar soni 10 milliondan oshdi. Yangi loyihada dam olish, turarjoy, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash maskanlari birgalikda barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Majmua 10 ta kichik hududga bo‘linib, har biri zamonaviy xizmatlar bilan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Global oʻzgarishlar instituti raisi bilan sarmoya va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan edi.