Oʻzbekiston U-17 yarim finalda KXDR bilan kuch sinashadi
eʼlon qilindi
O‘yin 17-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da bo‘ladi

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida KXDR (Shimoliy Koreya)ga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra mazkur muhim bahs 17-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da Saudiya Arabistonining Toif shahrida joylashgan «Qirol Fahd» stadionida boʻlib oʻtadi.
Yoshlarimiz musobaqaning guruh bosqichi va chorak finalida ishonchli oʻyin koʻrsatib, yarim finalgacha yetib kelishdi. Endi esa final yoʻllanmasi uchun muhim jang kutib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘smirlarimiz BAA ustidan 3:1 hisobdagi g‘alaba bilan yarim finalga yo‘l olgan edi.